Bosh sahifa / Yaroqsiz holga kelgan go'sht mahsulotlari savdodan olindi

Yaroqsiz holga kelgan go'sht mahsulotlari savdodan olindi

Ovqatdan zaharlanish holatini oldini olish maqsadida olib borilgan o'rganishlar natijasida noma'lum sharoitda tayyorlangan 38 kg go'sht qiymasi hamda iste'molga yaroqsiz holga kelgan 25 dona mol tuyog'i savdosi aniqlandi va o'rnatilgan tartibda yo'q qilish chorasi ko'rildi. 

Ushbu holat Yunusobod tuman bo'limi mutaxassislari va bozor ma'muriyati bilan Yunusobod dehqon bozorida olib borilgan nazorat tadbiri davomida aniqlandi. Iste'molga yaroqsiz mahsulot savdosiga yo'l qo'yganligi sababli sotuvchiga ogohlantirish berildi. 

Eslatib o'tamiz, mahsulot xaridini amalga oshirayotganda mahsulotning qayerda, qay tartibda ishlab chiqarilganlik va yaroqlilik muddatlari qadoqda ko'rsatilganligiga alohida e'tibor qarating. Shuningdek, uyingizda ham tez o'zgaruvchan mahsulotlarni to'g'ri saqlash qoidalariga qat'iy amal qiling.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


11-12-2024, 14:12
Ortga qaytish