Bosh sahifa / Zaharlanish holatini keltirishi mumkin bo'lgan mahsulotlar savdosi cheklandi

Zaharlanish holatini keltirishi mumkin bo'lgan mahsulotlar savdosi cheklandi

Ovqatdan zaharlanish holatini oldini olish maqsadida olib borilgan o'rganishlar natijasida noma'lum sharoitda tayyorlangan 38 kg konserva mahsuloti, iste'molga yaroqsiz holga kelgan 21 kg lag'mon xamiri va ikkilamchi idishlarda saqlanayotgan 19 litr sut mahsuloti savdosi aniqlandi va o'rnatilgan tartibda yo'q qilish chorasi ko'rildi. 

Ushbu holat Yunusobod tuman bo'limi mutaxassislari va bozor ma'muriyati bilan Yunusobod dehqon bozorida olib borilgan nazorat tadbiri davomida aniqlandi. Iste'molga yaroqsiz mahsulot savdosiga yo'l qo'yganligi sababli sotuvchilarga ogohlantirish berildi. 

Eslatib o'tamiz, ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish uchun uy sharoitida tayyorlangan konserva, shuningdek, noto'g'ri sharoitda saqlanayotgan mahsulotlarni xarid qilmang.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


11-12-2024, 14:09
Ortga qaytish