Sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni iste'mol qilish oqibatida aholi orasida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, xususan, o‘tkir diareya, qorin tifi, salmonellyoz, virusli gepatit A va boshqa ovqatdan zaharlanish kasalliklarining tarqalishi ehtimoli ortib boradi. Bu kasalliklar esa yuquvchanlik xususiyatiga ham ega.
Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan "Banokatiy" mahallasida yashovchi fuqaroda o'tkir yuqumli ichak kasalligi aniqlangani sababli epidemiologik surishtiruv o'tkazildi. Shuningdek, to'g'ri ovqatlanish, xavsizligi ta'minlanmagan joylarda ovqatlanmaslik, ko'cha-ko'ylarda noma'lum uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlarni iste'mol qilmaslik bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Eslatib o'tamiz, o'tkir yuqumli ichak kasalliklarini oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiling, tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilayotganingizda uning sifati va yaroqliligiga e’tibor qarating, ko‘ngil aynib, qorinda og‘riq paydo bo‘lsa, ich ketishi va ba’zi hollarda tana harorati ko‘tarilsa, zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qiling, shifokorlar maslahatisiz har xil dori-darmonlarni o‘z bilganingizcha iste’mol qilmang.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati