Aviasozlar dehqon bozorida olib borilgan navbatdagi o'rganishlar davomida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan 8 litr sut, 24 kg baliq mahsulotlari savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o'tkazish davomida aniqlandi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati