Bosh sahifa / Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunbuzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashiladi

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunbuzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashiladi

"Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonga ko'ra (https://lex.uz/uz/docs/-7231780) quyidagilarni amalga oshirish belgilandi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

➖tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi;
➖tekshiriladigan tadbirkorlik subyekti aniq bo‘lmagan holatlarda, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga, davlat manfaatlariga, atrof-muhitga zarar yetkazish xavfining tezkor oldini olish yoki bartaraf etish maqsadida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi;
➖“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, o‘rta va yuqori darajalarga tasniflanadi.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 39-moddasiga muvofiq, kameral soliq tekshiruvlari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinmaydi.

O'rnatiladigan tartibga muvofiq tadbirkorlik subyektlari faoliyatida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi natijalari asosida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

➖xavf darajasi past bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi;
xavf darajasi o‘rta va yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi yoki tekshiruv o‘tkazilishi mumkin;
➖aniq fakt va hollar bo‘yicha fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligi, atrof-muhitga, jismoniy va yuridik shaxslarning hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazish xavfining oldini olish yoki bartaraf etishga qaratilgan tekshiruvlar “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi natijalaridan qat’i nazar o‘tkazilishi mumkin;
➖soliq va bojxona organlari tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq yuritiladi;
➖profilaktika tadbirlari doirasida amaldagi profilaktika shakllariga qo‘shimcha ravishda Biznes-ombudsman va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tasdiqlangan namunadagi cheklist to‘ldirilishi natijalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunbuzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashiladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


3-12-2024, 09:47
Ortga qaytish