Bektemir tumanidagi "AZIZXANOV MED" MCHJga qarashli klinikada Sanepidqomita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mas'ul mutaxassislari tomonidan xabardor etish tartibida koordinatsion tekshiruv o'tkazildi.
Tekshiruvlar natijasida quyidagi kamchiliklar:
➖kvars boksda saqlanayotgan tibbiy asbob-anjomlarning biksdan chiqarilgan vaqti yozib qo‘yilmaganligi;
➖ta’mirtalab LOR mashinasi ta’mirlanmasdan vrach xonasida saqlanayotganligi;
➖distilyator ta’mirtalabligi;
➖ Azopiram, amidopirin va fenolftalein sinamalarining tayyorlangan vaqti idish ustiga yozib qo‘yilmaganligi;
➖biks aylanmasi tashkil etilmaganligi va Sanitariya qoida va me'yorlari qo'pol ravishda buzilayotgani aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan "AZIZXANOV MED" MCHJga qarashli klinika rahbariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma tuzilib, ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi. Kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tekshiruv davomida tashqi muhit obyektlaridan, ishchi xodimlar va ularning ust-bosh kiyimlaridan, foydalanilgan barcha tibbiy jihozlardan surtma namunalar, oqava suv tizimidan suv namunasi hamda havodan belgilangan miqdorda tahlil namunalari olinib, tuman laboratoriyasiga keltirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati