Bosh sahifa / VPCH vaksinasi bilan qizlarni emlash ishlari davom ettirilmoqda

VPCH vaksinasi bilan qizlarni emlash ishlari davom ettirilmoqda

Aholi orasida ushbu vaksina xususidagi ba'zi yanglish fikrlar bo‘lganiga qaramasdan, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda VPCh vaksinasining birinchi dozasi bilan qamrab olish darajasi hozirgi kunda 95 foizdan ziyodni tashkil qiladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan 224-sonli ta'lim muassasasidagi 11 yoshli qiz bolalar o'rtasida VPCH  bilan emlash jarayonlari olib borilayotganligi sababli nazorat olib borildi.

Shuningdek, vaksina qilingan bolalarning ota-onalariga vaksinadan keyingi bolada bo'ladigan holat bo'yicha tushuntirildi va qizamiq kasalligini oldini olish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


22-11-2024, 13:08
Ortga qaytish