Bosh sahifa / Organoleptik xususiyati o'zgargan mahsulotlar yo'q qilindi

Organoleptik xususiyati o'zgargan mahsulotlar yo'q qilindi

Oziq-ovqat do'konlarida amalga oshirilgan sanitariya nazorati davomida mutaxassislar tomonidan bir qancha mahsulotlarning butunligi buzilgani va sifatini kafolatlovchi hujjatlarga ega bo'lmaganligi ma'lum bo'ldi. Shu boisdan, iste'molga yaroqsiz deb topilgan 7 kg somsa xamiri, 7 kg lag'mon xamiri, 8 kg kartoshka, 7 kg anor, 6 kg olma, 5 kg xurmo mahsulotlari joyida savdodan oldirildi va o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.

Ushbu tadbir Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi xodimlari ishtirokida  "Ziyonur" mahallasida joylashgan oziq-ovqat do'konlarida olib borildi. Holat yuzasidan sotuvchilarga nisbatan ogohlantirish choralari qo'llanildi va bu turdagi mahsulotlarni sotmaslik bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Xarid qilish davomida mahsulotning organoleptik xususiyati o'zgarmaganligiga, o'zida turli noxush hid chiqarmaganligiga, sifati va xavsizligini ta'minlovchi hujjatlarga ega ekanligiga ahamiyatli bo'ling. Birgina e'tiborsizlik oqibati oshqozon ichak faoliyatining buzilishi va kasallik asoratlari yillar davomida sizni qiynab kelishiga aslo yo'l qo'ymang. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


23-11-2024, 13:07
Ortga qaytish