Bosh sahifa / Rasmiy munosabat: Osh markazi rahbariyatiga qat'iy ogohlantirish berildi

Rasmiy munosabat: Osh markazi rahbariyatiga qat'iy ogohlantirish berildi

Telegram ijtimoiy tarmog'ida osh  buyurtma qilgan mijozning taomidan tamaki qoldig'i chiqdi, mazmunidagi xabar e'lon qilindi. 

Xabarga aniqlik kiritish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo'limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o'rganish ishlari olib borildi. Korxona rahbariga doimiy ravishda Sanitariya qoida va me'yorlariga qat'iy amal qilgan holda ish olib borishi yuzasidan ogohlantirish berildi. 

Shuningdek, Biznes ombudsmandan ruxsat olinib, osh markazida kuchaytirilgan tekshiruv ishlari o'tkazilishi va bu yuzasidan qo'shimcha ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


16-11-2024, 11:57
Ortga qaytish