Bosh sahifa / Iste'molga yaroqsiz konserva mahsulotlari savdosi bartaraf qilindi

Iste'molga yaroqsiz konserva mahsulotlari savdosi bartaraf qilindi

Mutaxssislar tomonidan olib borilgan nazorat tadbiri davomida zaharlanish holatini yuzaga keltirish xavfi yuqori bo'lgan 20 litr konserva mahsuloti savdosi aniqlandi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor  tuman bo'limi  mutaxassislari  tomonidan Qoraqamish dehqon bozori shoxobchasida kunlik sanitariya nazorati o'tkazildi. Natijada noma'lum sharoitda tayyorlangan, xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlariga ega bo'lmagan mahsulotlar o'rnatilgan tartibda yo'q qilindi. 

Shuningdek, holat bo'yicha sotuvchilarga kerakli ko'rsatmalar berilib, sanitariya targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


12-11-2024, 14:12
Ortga qaytish