Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!
Sizlarni Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi 11-noyabr - Kasaba uyushmalari xodimlari kuni bilan muborakbod etadi!
Bugungi kunda mehnat munosabatlarining shakllanishi hamda rivojlanishida qo'shayotgan hissangiz, xodimlar manfaat va huquqlarini ta'minlash, muhofaza etish yo'lidagi ishlaringiz alohida e'tirofga loyiq.
Mana shunday mas'uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar va yutuqlar tilaymiz.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati