Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining amaldagi buyrug'iga muvofiq bugun, Mirobod tumanidagi "DENTAL CITY" davolash profilaktika muassasasida tuman bo'limi mudiri Dilnoza Ahmedova hamda mas'ul mutaxassislar tomonidan koordinatsion nazorat tekshiruv ishlari tashkil etildi.
Tekshiruvlar natijasida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:
➖tibbiy asboblarni markaziy zararsizlantirish bo'limida, tibbiy asboblarni birlamchi ishlov berilishi to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi;
➖foydalanilgan bir marotabalik tibbiy qo'lqoplar zararsizlantirilmasdan chiqindi qutisiga tashlanganligi;
➖kundalik hamda joriy tozalik ishlarini olib borishdagi asbob-uskunalar foydalanishi bo'yicha tamg'alanmaganligi va saqlanish tartibiga rioya qilinmaganligi;
➖binoda profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari bo'yicha shartnomalar tuzilmaganligi ma'lum bo'ldi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan "DENTAL CITY" davolash profilaktika muassasasi rahbariga nisbatan ma'muriy bayonnoma tuzilib, kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tashqi muhit obyektlaridan, barcha sirtlardan, foydalanadigan jihozlar va asbob-uskunalardan bakteriologik tekshiruv uchun tahlil namunalari hamda oqava suv tizimidan suv namunalari olinib, tuman laboratoriyasiga keltirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati