Bosh sahifa / Emlash ishlarini to'g'ri tashkil etish yuzasidan seminar o'tkazildi

Emlash ishlarini to'g'ri tashkil etish yuzasidan seminar o'tkazildi

Mavsumiy kasalliklar doim bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladigan bir jihat. Aksariyat hollarda havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan kasalliklar, aytaylik, virusli kasalliklar mavsumiy xususiyatga egadir. Mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan qizamiq kasalligi asosan bolalar orasida uchraydigan, ayniqsa o'zidan katta asoratlar qoldirishi mumkin bo'lgan kasallik hisoblanadi. Kasallikdan himoyalanishning eng maqbul yo'li esa Milliy emlash kalendariga muvofiq emlash ishlarining vaqtida olib borilishidir.

Shu sababli, Sanepidqomita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika va 12-sonli tez tibbiy yordam stansiyasi tibbiyot xodimlari o‘rtasida mavsumiy kasalliklar, jumladan qizamiq, meningit, gripp kabi kasalliklarining epidemiologiyasi va patogenezi, klinika va diagnostikasi, davolash va profilaktika chora tadbirlari hamda ushbu kasalliklarning keng tarqalishini oldini olishda profilaktik tadbirlar yuzasidan seminar yig'ilishi o'tkazildi. 

Unda bo'lim mutaxassislari, oilaviy poliklinika shifokorlari, immmunolog, pediatr, hamshiralar va tibbiy brigada shifokorlari ishtirok etdi. 

Aynan shu kabi seminar Olmazor tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tibbiyot xodimlari uchun tashkil etildi. Seminar yig'ilishida kasallik bo'yicha epidemiologik barqarorlikni saqlash, emlash ishlarining to'g'ri va o'z vaqtida olib borilishi, aholi xabardorligini oshirish, bu borada patronaj xizmati faoliyatini jadallashtirish borasida so'z yuritildi.  

Shuningdek, Sanitariya qoida va me'yorlariga ko'ra, rejali va 6 oylikdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni epidemiologik ko'rsatma asosida boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi 10 kunlik kuchaytirilgan emlash kunlarini o'tkazilishi munosabati bilan aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


7-11-2024, 09:53
Ortga qaytish