Bosh sahifa / Ta'lim tashkilotlarining sanitar holati yuzasidan o'rganish o'tkazildi

Ta'lim tashkilotlarining sanitar holati yuzasidan o'rganish o'tkazildi

Maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti hududining sanitariya holati va me'yor talablari darajasida ekanligini aniqlash maqsadida soha mutaxassislari tomonidan doimiy reja asosida nazorat tadbirlari olib borilmoqda. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug’bek  tuman bo'limi xodimlari tomonidan tumanda  joylashgan maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida oktyabr oyi rejasiga muvofiq kuz-qish mavsumiga tayyorlik yuzasidan sanitariya nazorati olib borildi.

O'rganishlar davomida:

➖har kunlik ertalabki saralash ishlarini olib borishda maxsus moslamalarning sozligi;
➖ta'lim oluvchilar uchun tana harorat o'Ichagichlar yetarli ekanligi;
➖tibbiyot xonasida saqlanuvchi dori vositalarining yaroqliligi, muddati va saqlanish harorati;
➖issiqlik tizimi ishga tushganligi;
➖sinf xonalarida yoritish chiroqlarining yetarli ekanligi;
➖qo'l yuvish moslamalari hamda hojatxonalarda oqava
suvning doimiy soz holati va sanitariya-gigiyena qoidalariga amal gilinishi kuzatuvdan o’tkazildi.


Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


31-10-2024, 10:33
Ortga qaytish