Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumandagi go'zallik salonlarining birida Biznes ombudsmandan olingan ruxsatnoma asosida kuchaytirilgan tekshiruv olib borildi.
Tekshiruv vaqtida Sanitariya qoida va me'yor talablarining qo'pol ravishda buzilganligi hamda aniqlangan bir qator kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida go'zallik salonining ish faoliyati vaqtincha to'xtatildi. Shuningdek, xodimlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish va holatni yaxshilash choralarini ko'rish uchun ko'rsatmalar berilib, tushuntirish o'tkazildi.
Eslatib o'tamizki, go'zallik istab borgan joyingizning avvalo tozaligiga ahamiyatli bo'ling, siz uchun foydalanadigan jihozlarga e'tibor qiling, sababi siz uchun mayda ko'ringan kamchiliklar, yuqumli kasalliklarni yuqtirib olishga sabab bo'lishi hech gap emas.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati