Bosh sahifa / Rasmiy munosabat: Videodagi holat yuzaga kelishiga xodimlarning e'tiborsizligi sabab bo'lgan

Rasmiy munosabat: Videodagi holat yuzaga kelishiga xodimlarning e'tiborsizligi sabab bo'lgan

Telegram hamda You Tube ijtimoiy tarmog'ida Safia shirinliklar do'koni bilan bog'liq video xabar e'lon qilingan edi. 

Xabarga oydinlik kiritish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o'rganish ishlari olib borildi. Qayd etish kerakki, ushbu shirinliklar tarmog'i maxsus gigiyenik sertifikatga ega va mahsulotlar ishlab chiqarish obyektidan do'konlarga yangi holatda tarqatiladi. Shuningdek, mahsulotlar to'g'risidagi ma'lumot (qachon tayyorlangani va olib kelinganligi) ular alohida qadoqqa ega bo'lmaganligi sababli hisob-fakturada qayd etiladi. 

Videoda ko'rsatilganidek, mahsulotlar saqlanadigan sovutgichda pashsha borligi sababli do'konning zararsizlantirish ishlari bo'yicha shartnomasi bor ekanligi ham surishtirildi. Ma'lum bo'lishicha, do'kon zararsizlantirish ishlarini olib borish uchun xususiy dezinfeksiya tashkiloti bilan shartnoma imzolagan. Videodagi holatga esa do'kon xodimlarining e'tiborsizligi sabab bo'lgan.

Shu sababli do'kon rahbariyati va sotuvchilariga Sanitariya qoida va me'yorlariga amal qilgan holda ish olib borish yuzasidan ogohlantirish berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


1-11-2024, 10:30
Ortga qaytish