Bolalar o'rtasida sog'lom ovqatlanishni tashkil qilish maqsadida Sanitariya qoida va me'yorlariga asosan umumta’lim maktablarida ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining savdosi taqiqlanadi.
Chilonzor tumanida joylashgan 131-sonli umumta’lim maktabi oshxonasida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tuman bo‘limi mutaxassisi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasida maktab oshxonasida amaldagi sanitariya normalariga zid holatda rangli, gazlangan salqin ichimliklar, yaxna choylar, hot-dog, gamburger va qadoqlanmagan qurt mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlandi.
Mutaxassis ushbu holat yuzasidan ta’lim muassasasi brakeraj komissiyasi a’zolari ishtirokida mahsulotlar savdodan olindi va ularning faoliyatlari qoniqarsiz tashkillashtirilganligi xususida tegishli organlarga taqdimnoma kiritilishi yuzasidan ogohlantirish berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati