Ayni damlarda yurtimizda kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Jumladan, poytaxtimizda joylashgan ijtimoiy soha obyektlari, ta'lim va tibbiyot muassasalarini ham mavsumga tayorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumandagi 291,293,289-sonli umumta'lim maktablari, 573, 578-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida binoning tom qismi butunligi, deraza romlarining butunligi saqlanganligi, xonalarining termometr bilan ta'minlanganligi, isitish tizimi bosim ostida yuvilganligi, hududga kirgan gaz quvurlarining talab darajasida izolyatsiya qilinganligi holati o'rganildi.
Aniqlangan holatlar bo'yicha tashkilotlar mas'ullariga tegishli tavsiyalar berildi. O'rganish ishlari davom etmoqda.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati