Bosh sahifa / Fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida o'rganish o'tkazildi

Fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida o'rganish o'tkazildi

Bektemir tumandagi "Zabardast" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatga ko'ra, Parkent trakt ko‘chasi 15-uyda ikkilamchi polietilen va rezina mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyat yuritishi natijasida hududda yashovchilar noxush, badbo‘y hiddan aziyat chekayotganligi qayd etilgan.

Mazkur murojaatga muvofiq,  Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi hamda Yashnobod tuman bo'limining sanitariya-gigiyena laboratoriyasi mutaxassislari, aholi va mahalla profilaktika inspektori ishtirokida hududda o'rganish ishlarini olib bordi. Shuningdek, aholi yashash joylari atmosfera havosidan laborator tahlillar o‘tkazish uchun namunalar olindi.

O‘rganishlar davomida olingan tahlillar natijasiga ko‘ra atmosfera havosida ammiak miqdori yo‘l qo‘yilgan bir marotabalik maksimal konsentratsiyadan 20 marotaba yuqori ekanligi ma'lum bo‘ldi. Ushbu holat bo‘yicha Parkent trakt ko‘chasi 15-uyda faoliyat yuritayotgan ikkilamchi polietilen va rezina mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish korxonasiga amaldagi Sanitariya qoida va me'yorlarini bajarish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Xususan, atrof-muhit hamda atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining tuman bo'limiga xabar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


24-10-2024, 15:01
Ortga qaytish