Bosh sahifa / Ta'lim tashkilotida parazitar kasalliklarga qarshi laborator tekshiruv o'tkazildi

Ta'lim tashkilotida parazitar kasalliklarga qarshi laborator tekshiruv o'tkazildi

Maktab o’quvchilaridan olingan 1050 ta namunalar natijasida, 7 nafar o’quvchida  (ostritsa) gijja tuxumlari aniqlandi. Bu ko’rsatkich umumiy hisobda 0,7% ni tashkil etadi.

Ushbu jarayon, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi parazitologiya laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan ish reja asosida 110-sonli maktab o’quvchilaridan perianal qirindi usuli bilan laborator tekshirish uchun analiz namunalarini olish davomida ma’lum bo’ldi. 

Laborator tekshiruvda aniqlangan ko’rsatkichlar bo’yicha maktab rahbariyati va mas’ullarga ogohlantirish berildi va shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar asosida sanitariya targ’iboti olib borildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


18-10-2024, 14:28
Ortga qaytish