Insonlarda kechadigan yashirin kasalliklarning boshlang'ich davri parazitlardan kelib chiqishi hamda ushbu omillarga e'tibor bermasdan, oldini olmaslik oqibatida yuqumli va xavfli kasalliklarga duchor bo'lishi hech gap emas.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan yillik rejaga asosan tumanda joylashgan 571-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining 149 nafar tarbiyalanuvchilardan perianal qirindi usuli bilan laborator tekshiruv uchun olingan tahlillar va tashqi muhit anjomlaridan 40 ta surtma namunalar tuman parazitologiya laboratoriyasida mikroskopik yo‘l orqali tekshirildi.
O'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, olingan analizlardan 1 ta askaridoz, 1 ta geminolipedoz va 5 ta enterobioz kasalliklari aniqlandi.
Ushbu holatlar yuzasidan DMTT mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Eslatib o'tamiz, bolalar orasida eng ko‘p tarqalgan gijjalar — bu ostritsa (enterobioz) va askaridalardir, bola organizmida bo‘lgan gijjalar oshqozon-ichak traktiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati