Bosh sahifa / Qachondan deputatlik saylovida muddatidan oldin ovoz berish mumkin?

Qachondan deputatlik saylovida muddatidan oldin ovoz berish mumkin?

O‘zbekiston deputatlari saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berish 16−23-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Jarayon ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari esa 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.

Saylov komissiyalari tarkibida esa 1343 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 830 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan saylovchilarga ko‘mak beruvchi volontyor biriktirilmoqda.

Bundan tashqari, MSK qarori bilan Turkiy davlatlar parlament assambleyasining 19 nafar, Shanxay hamkorlik tashkiloti, MDH Parlamentlararo assambleyasi, Rossiya va Xitoydan 2 nafardan, AQShning 3 nafar hamda Buyuk Britaniya, Latviya, Litva, Fransiya, Hindiston va Yaponiyaning 1 nafardan vakillari, jami 36 nafar xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda navbatdagi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024-yil 27-oktyabrda o‘tkaziladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


12-10-2024, 10:40
Ortga qaytish