Bosh sahifa / Transyog'lar tanadagi uxlab yotgan kasalliklarni ham uy'otadi

Transyog'lar tanadagi uxlab yotgan kasalliklarni ham uy'otadi

Transyog‘lar. Odatda, bu mahsulotni siz kundalik iste'mol qiladigan yeguliklaringizda uchratasiz. Umuman olganda sezilmas, lekin jiddiy xavf tug‘diruvchi mahsulot. JSST ma’lumotiga ko‘ra, butun dunyoda 5 millard inson transyog‘larning zararli ta’siridan himoyalanmagan.

Transyog‘lar – sanoat yoki tabiiy to‘yinmagan yog‘li kislotalar. Sanoatda ishlab chiqarilgan ushbu mahsulot margarin, o‘simlik yog‘lari, qovurilgan taom va pishiriqlar, xususan, krakerlar, pechenye va piroglarda mavjud. Tabiiy transyog‘lar asosan sigir, qo‘y, echki go‘shti va ulardan olinadigan sut mahsulotlarida bo‘ladi. Sanoatdagi va tabiiy transyog‘larning ikkisi ham birdek zararli.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti so‘nggi yillarda transyog‘lardan foydalanish sezilarli darajada oshganligidan havotirda. Chunki ular odatda organizm uchun foydali yog‘larga qaraganda arzonroq va qator kimyoviy va fizik xususiyatlarga ega. Masalan, xona haroratida qattiq holatda saqlanib qoladi, shu sabab ularni turli xil qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shish qulay.

Olimlarning olib borgan tadqiqodlariga ko‘ra, transyog‘lar kasallik keltirib chiqaribgina qolmay, tanada uxlab yotgan kasalliklarga ham turtki bo‘ladi. Shuningdek, ular yurak kasalliklari, diabet, altsgeymer, semirish, jigar kasalliklari va hatto, depressiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, margarin, “fast-food”, yarim tayyor yeguliklar, non va non mahsulotlari, qandolatlar hamda qovurilgan kartoshka frisi tarkibida transyog‘lar ko‘p miqdorda uchraydi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


8-10-2024, 11:01
Ortga qaytish