Bosh sahifa / Maktablarning sanitar holati yuzasidan nazorat tadbirlari olib borildi

Maktablarning sanitar holati yuzasidan nazorat tadbirlari olib borildi

O'quvchilar o'rtasida yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi mutaxassislari hamda tuman prokurorining ishchi guruhi bilan hamkorlikda tumanda joylashgan  65-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida rejadan tashqari tekshiruv jarayonlari amalga oshirildi.

Nazorat davomida:

➖amaldagi 0341-16 va 0017-21 sonli Sanitariya qoida va me'yor talablarining bajarilishi;
➖maktab o'qituvchilari va ishchi xodimlarning o'z vaqtida tibbiy ko'rikdan o'tganlik xulosalari;
➖oshxonalarning sanitar holati hamda taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari hamda rangli ichimliklarning sotilmasligi, joriy taomnoma asosida faoliyat olib borilishi;
➖o'quvchilar uchun mo'ljallangan sport zali, tozalik ishlarining vaqtida olib borilishi, jihozlarning sozligi;
➖hojatxonalarda gigiyena qoidalariga rioya qilinganligi hamda qo'l yuvish moslamalari va oqava suv tizimining soz holatdaligi to'liq o'rganilib, tekshiruvdan o'tkazildi.

Aniqlangan qator kamchiliklar yuzasidan maktab rahbariga nisabatdan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


5-10-2024, 10:11
Ortga qaytish