Sergeli tumanida joylashgan "Avtomobillar bozori" da faoliyat olib borayotgan umumiy ovqatlanish muassasasida o'rganish o'tkazildi.
Muassasalaning ta'mir, santexnik va sanitariya holatlari ko'zdan kechirilib, ishchi xodimlarning tibbiy sog'lomligi surishtirildi.
O'rganish davomida:
➖oshxonaning biroz ta'mirtalab holatda ekanligi;
➖mahsulotlarni saqlashda xatoliklarga yo'l qo'yilayotgani;
➖idish yuvish rakvinalarining talab darajasida emasligi;
➖toza idishlarni toza, yopiq joyda saqlanmayotgani kabi kamchiliklar aniqlandi.
Shu sababli, ovqatlanish muassasalari mutasaddilariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilinishi yuzasidan ko'rsatma va tavsiyalar berilib, sanitariya holati tartibga keltirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati