Ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish yuzasidan o'tkazilgan nazorat tadbirida 31 kg. iste'molga yaroqsiz, tayyorlangan joyi noma'lum bo'lgan qiyma mahsuloti savdosi aniqlandi.
Qayd etish kerakki, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumandagi bozordagi mahsulotlar sifati o'rganildi. Natijada iste'molga yaroqsiz deb topilgan qiyma savdodan olinib, yo'q qilish choralari ko'rildi.
Eslatib o'tamiz, bozor rastalaridan qiyma sotib olayotgan jarayoningizda sertifikati mavjud bo'lgan mahsulot xarid qiling. Yoki ko'z oldingizda go'shtni qiymalab, tayyorlab berishlarini so'rang.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati