Bosh sahifa / Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan moslik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi bo‘lgan taqdirda realizatsiya qilinadi

Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan moslik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi bo‘lgan taqdirda realizatsiya qilinadi

Qonunchilikka ko'ra, majburiy sertifikatlanadigan oziq-ovqat mahsuloti yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan moslik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi bo‘lgan taqdirda realizatsiya qilinadi. 

Oziq-ovqat mahsulotini chakana sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Oziq-ovqat mahsuloti bilan savdo qilishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shu maqsadlar uchun ajratilgan joylarda yo‘l qo‘yiladi.

Quyidagi hollarda oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi:

➖mahsulot sifati belgilangan normalar va qoidalar talablariga muvofiq bo‘lmasa, majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar uchun esa moslik sertifikati bo‘lmasa;
➖saqlash va realizatsiya qilish uchun tegishli sharoit bo‘lmasa;
➖yaroqlilik muddati tugagan bo‘lsa;
➖mahsulot qalbakilashtirilgan bo‘lsa;
➖mahsulotlarni taqqoslash mumkin bo‘lmasa.

🔞Energetik ichimliklarning o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


30-09-2024, 11:22
Ortga qaytish