Bosh sahifa / Kapital rekonstruksiyadan so'ng yakuniy ogohlantiruvchi sanitariya nazorati o'tkazildi 

Kapital rekonstruksiyadan so'ng yakuniy ogohlantiruvchi sanitariya nazorati o'tkazildi 

Sergeli tumanidagi 101-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida kapital rekonstruksiya ishlarini tugatilishi munosabati bilan yakuniy ogohlantiruvchi sanitariya nazorati o'tkazildi. Nazorat davomida:

➖DMTT binosining ichki va tashqi qismlaridagi ta'mir ishlarining butkul tugatilgani;
➖bino zamonaviy tarzda ta'mirlanib, texnik va sanitariya-gigiyenik sharoitlarning talab darajasida tashkil qilingani;
➖muassasani sifatli bolalar mebellari, jihoz va anjomlari bilan yetarli ta'minlangani;
➖bolalarni sog'lom ovqatlantirilishini tashkil qilish uchun oshxonaning zaruriy texnika, jihoz va anjomlar bilan ta'minlangani;
➖tibbiy xizmat ko'rsatish uchun qulay va zamonaviy tibbiyot xonasining tashkil qilingani;
➖o'yin maydonchalarini SanQvaM talablari bo'yicha tashkil qilingani;
➖DMTT hududini obodonlashtirilib, asfalt qismlarining ta'mirlangani;
➖DMTT hududini mustahkam devor bolan o'ralib, qo'riqlash punktini tashkil qilingani kuzatildi.

Ta'lim muassasasi rahbariga muassasa faoliyatini Sanitariya qoida va me'yorlari asosida yuritilishi, bolalarni sog'lom ovqatlantirilishini tashkil qilinishi hamda DMTTda tibbiy sog'lom shaxslarning faoliyat yuritishi yuzasidan ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


28-09-2024, 12:39
Ortga qaytish