Bosh sahifa / Sifati kafolatlanmagan sut mahsulotlari brakeraj qilindi

Sifati kafolatlanmagan sut mahsulotlari brakeraj qilindi

Sut va sut mahsulotlari inson organizmida eng kerakli ozuqalardan biri hisoblanadi va ko'pchilik odamlar ushbu mahsulotni sevib iste'mol qilishadi.

Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi xodimlari tomonidan "Beshqo’rg’on" MChJ ga qarashli Munis bozorida navbatdagi sanitariya nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

O’rganish vaqtida, ikkilamchi idishlarda saqlanib, sifatini kafolatlovchi hujjatlarga ega bo’lmagan 15 litr sut mahsuloti o’rnatilgan tartibda brakeraj qilindi hamda sotuvchilarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


28-09-2024, 12:38
Ortga qaytish