Bosh sahifa / Rasmiy munosabat: Tovuq pishirish jarayonida texnologik jarayon buzilgani ma'lum bo'ldi

Rasmiy munosabat: Tovuq pishirish jarayonida texnologik jarayon buzilgani ma'lum bo'ldi

Bugun telegram ijtimoiy tarmog'idagi kanallarning birida Chilonzor tumanida joylashgan KFC ovqatlanish korxonasida tayyorlangan taom tovuq mahsulotiga to'g'ri ishlov berilmay tayyorlangani aks etgan video xabar e'lon qilindi.

E'lon qilingan xabarga ko'ra, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, xabarda Chilonzor tumanida joylashgan deyilgan korxona aslida Uchtepa tumanida joylashgan bo'lib, holatga aniqlik kiritish maqsadida mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o'rganish ishlari olib borildi. Aniqlik kiritilishicha, korxonaga olib kelinadigan tovuq mahsuloti qadoqlangan tarzda keltiriladi va shu sababli uni pishirish jarayonida xodimlar tomonidan e'tiborsizlikka yo'l qo'yilgan. 

Shu sababli korxona rahbari bilan profilaktik suhbat olib borildi hamda ogohlantirish berildi. Agar takroriy ravishda shu kabi holatlar yuzaga keladigan bo'lsa, Biznes ombudsmandan ruxsat olinib, kuchaytirilgan tekshiruv ishlari olib borilishini ma'lum qilamiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


26-09-2024, 16:22
Ortga qaytish