Bosh sahifa / 2024 yil yanvar-sentyabr oylari  davomida korrupsiya faktlariga doir murojaatlar kelib tushmagan

2024 yil yanvar-sentyabr oylari  davomida korrupsiya faktlariga doir murojaatlar kelib tushmagan

Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir​. Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. 

Aynan davlat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning korrupsion holatlarga yo'l qo'ymasliklari, davlat xaridlari to'g'ri yo'sinda olib borilayotganini nazorat qilish uchun komplaens tizimi yo'lga qo'yilgan. 

Korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar  boshqarmasiga 2024 yil yanvar-sentyabr oylari  davomida korrupsiya faktlariga doir murojaatlar kelib tushmagan.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


24-09-2024, 13:01
Ortga qaytish