Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasiga joriy yilning 9 oyi mobaynida 11 ta xodim suhbat asosida ishga qabul qilingan
Muddatli mehnat shartnomalari bo‘yicha o‘zgarishlar xodimlar uchun taalluqlidir. Birinchidan, muddatli mehnat shartnomasining muddati qisqartirildi – endi u 3 yilni tashkil etadi. Ikkinchidan, muddatli mehnat shartnomasini taraflar kelishuvi bilan uzaytirish mumkin. Uchinchidan, shartnoma muddati uzaytirilganda har qanday holatda ham uning jami muddati 5 yildan oshib ketmasligi kerak.
Shuningdek endi xodimlar ish beruvchidan o‘zlarining mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq hujjatlaridan istalgan hujjatning ko‘chirma nushasini talab qilishga haqli. Ish beruvchiga kerakli hujjatlar ko‘chirma nusxasini tayyorlash va ularni xodimga berish uchun 3 kun taqdim etiladi.
Shtat qisqarishida xodimlarni himoyalashning qo‘shimcha kafolatlari nazarda tutilgan norma nazarda tutildi. Shtat qisqarishi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan bo‘lib, olti oy ichida xodim ilgari egallagan o‘sha mutaxassislik, malaka bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, uni ishga qabul qilishi shartligi belgilandi.
Qayd etish joizki, har bir ishga olinayotgan xodim suhbat asosida qabul qilinishi kerak. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasida joriy yil boshidan oktyabr oyiga qadar 11 ta xodim suhbat asosida ishqa qabul qilingan.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati