Bosh sahifa / Maktablarda ertalabki filtr jarayonlarining o'tkazilishi o'rganildi

Maktablarda ertalabki filtr jarayonlarining o'tkazilishi o'rganildi

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor  tuman bo'limi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan bir qator  ta'lim tashkilotlarida o‘quvchilar o‘rtasida yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olish maqsadida ertalabki  filtr jarayonlari olib borilishi bo'yicha nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

Soha mutaxassislari tomonidan maktablarning o‘quv xonalari, oshxona va hojatxonalarning sanitariya texnik holati,  maktab hamshiralari tomonidan ertalabki filtrlash jarayonida o'quvchilarning tana harorati  o'lchanishiga alohida e'tibor qaratildi.

Nazorat davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar o‘rtasida yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olish maqsadida ertalabki filtr jarayonlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiyalar va amaldagi sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


23-09-2024, 11:38
Ortga qaytish