Hozirgi vaqtda tez tayyor bo'luvchi taomlarni iste'mol qilish darajasi ortib bormoqda. Xohlagan inson uni tayyorlatib olib ketishi yoki uyiga chaqirtirish imkoniyatiga ega. Lekin bu kabi ovqatlanish korxonalarida sanitariya talablari buzilsa, ommaviy ovqatdan zaharlanish holatlari yuzaga kelishi ehtimoli yo'q emas.
Shu sababli, Sanepidqomita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman hududida faoliyat yuritayotgan donali taomlar tayyorlash shoxobchalarida ovqatdan zaharlanish, yuqumli o‘tkir ichak kasalliklarini kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish chora-tadbirlari bo'yicha sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi.
Ovqatlanish muassasalari ishchi xodimlari o'rtasida amaldagi sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi, muassasalarda tibbiy sog'lom shaxslarning faoliyat yuritishi, oziq-ovqat mahsulotlarini sifat va xavfsizlik ta'minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Mutasaddilarga muassasalarni ta'mir, texnik va sanitariya holatlarini tartibga keltirish, dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish bo'yicha shartnomalar tuzish hamda o'tkazish yuzasidan ko'rsatma va tavsiyalar berilib, ogohlantirish xatlari topshirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati