Bosh sahifa / Suzish havzasining faoliyati vaqtincha to'xtatildi

Suzish havzasining faoliyati vaqtincha to'xtatildi

O’tkazilgan tekshiruv natijasida sanitariya talablarining qo’pol ravishda buzilishi yuzaga kelganligi sababli aniqlangan qator kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish yuzasidan ko’rsatma va tavsiyalar berildi hamda suzish havzasining ish faoliyati vaqtincha to’xtatildi.

Kuni kecha Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan "Taras Shevchenko" mahallasida joylashgan "Chexov" nomli suzish havzasida foydalanilgan suvlar aholi istiqmoat qiluvchi hududlarga chiqarilishi hamda bu holat fuqarolarga noqulayliklar tug'diribgina qolmay, undan noxush hid chiqishi bo'yicha bildirilgan murojaatga muvofiq o'rnatilgan tartibda ishlar ko'rib chiqildi.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakildan olingan ruxsatnoma asosida suzish havzasining sanitariya holati va gigiyena qoidalariga qay tartibda amal qilinganligi yuzasidan tekshiruvdan o'tkazildi. Tekshiruv davomida, suv tarkibini aniqlash maqsadida 4 xil tartibda Bakteriologik laboratoriyaga tekshiruv uchun suv namunalari olindi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


21-09-2024, 11:34
Ortga qaytish