Barcha kishi uy sharoitida tayyorlangan konservalangan mahsulotlarni isteʼmol qilishni maʼqul ko‘radi. Biroq bunday oziq-ovqatlardan zaharlanish ehtimoli yuqoridir. Chunki xonadon sharotida konserva mahsulotlarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan texnologik jarayonlarga rioya qilish imkonsiz. Vaholanki, botulizm qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitga o‘ta chidamli bo‘lib, 100 C darajada 6 soat, 120 C haroratda esa 10 daqiqagacha tirik qoladi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mutaxassislari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda tuman Navro'z dehqon borida o'rganish ishlari amalga oshirildi.
Navbatdagi o'rganish vaqtida uy sharoitida tayyorlangan, iste'mol uchun xavfli bo'lgan 32 litr konserva mahsulotlari brakeraj qilindi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati