Bosh sahifa / Shartnoma asosida xususiy klinikada bakteriologik tahlil uchun surtma namunalari olindi 

Shartnoma asosida xususiy klinikada bakteriologik tahlil uchun surtma namunalari olindi 

Mikrob bilan zararlanish tekshirilayotgan obyektning ma'lum hajm va massa birligidagi mikroorganizmlarning umumiy miqdori, ya'ni mikroblar soni bilan ifodalaniladi. Ulardagi sanitar ko'rsatkichli bakteriyalar titr va indekslarda baholanadi. 1m kub havodagi sanitar ko'rsatkichli bakteriyalar soniga indeks deb ataladi.  

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi bakteriologik laboratoriya xodimlari tomonidan  shartnoma asosida "Urologik complex" xususiy klinikasining jarrohlik xonalari anjomlaridan va bog'lov materiallaridan 1m3 havodagi umumiy mikroblar soni va stafilokkok mikroblarini aniqlash maqsadida surtma namunalari olindi. 

Olingan surtma namunalari kerakli ozuqa muhitlariga ekilganligini va 3-5 kunda surtma namunalarining natijalari chiqishini ma'lum qilamiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


18-09-2024, 13:55
Ortga qaytish