Bosh sahifa / Korrupsiya - davlatni yemiruvchi, insonni tubanlashtiruvchi illat!

Korrupsiya - davlatni yemiruvchi, insonni tubanlashtiruvchi illat!

Korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilikka va ahloqqa zid ravishda o'zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Aksariyat davlatlarda korrupsiya holatlari jinoyat sifatida qaraladi.

Shu bois Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mudiri Dilnoza Ahmedova boshchiligida Korrupsiya ichki nazorati tizimi mutaxassisi tomonidan bo'lim xodimlariga "Korrupsiya - taraqqiyotga qarshi jinoyat" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Bunga ko'ra mas'ul mutaxassis tomonidan quyidagilar bo'yicha fikr-mulohazalar o'qib eshittirildi, jumladan:

➖ manfaatlar to'qnashuvi tushunchasining mazmun-mohiyati;
➖manfaatlar to'qnashuvi holatlariga oid muammoli vaziyatlarni bartaraf etish uchun uslubiy qo'llanma va tavsiyalardan foydalanish mexanizmlariga oid ko'nikmalar;
➖ odob-ahloq kodeksiga aloqador qonunlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi hamda illyustrativ tarqatma materiallardan har bir xodim ish stolida eslatma sifatida foydalanishlari uchun nashrdan chiqarishlari  yuzasidan ko'rsatmalar berildi.


Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


18-09-2024, 13:54
Ortga qaytish