Bosh sahifa / Noma'lum sharoitda tayyorlangan salatlar savdosiga chek qo'yildi

Noma'lum sharoitda tayyorlangan salatlar savdosiga chek qo'yildi

 Farhod dehqon bozori hududida bir marta ishlatiladigan idishlarda, sovutgichlarda saqlanmasdan sotilayotgan mayonezli 13 kg salat mahsulotlari savdosi aniqlanib, tegishli tartibda yo'q qilindi.  

Bugun ovqatdan zaharlanish holatlarni oldini olish yuzasidan Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri olib borildi. Natijada tayyorlanish jarayoni, tarkibi noma'lum bo'lgan, noto'g'ri sharoitda saqlanayotgan mahsulotlar savdosi aniqlandi. 

Eslatib o'tamiz, salat mahsulotlari eng tez buziluvchi mahsulotlar turiga kiradi va ularni muzlatgichda 24 soat davomida saqlash mumkin. Ammo ochiq havoda turgan salatlarni iste'mol qilish turli ko'rinishdagi ovqatdan zaharlanish holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.  Bunday mahsulotlarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


16-09-2024, 12:18
Ortga qaytish