Bozorda o’tkazilgan tekshiruvlar natijasida bir qator kamchiliklar aniqlangani , shuningdek, Sanitariya qoida va me'yorlarining qo'pol ravishda buzilganligi sababli, yuqoridagi aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi hamda bartaraf etilgunga qadar bozorning ish faoliyati vaqtincha to’xtatildi.
Avval xabar berganimizdek, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mas’ul xodimlari tomonidan "Beshqo’rg’on" MChJ bozorida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakildan olingan ruxsatnoma asosida tekshiruv ishlari amalga oshirilgan edi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati