Bosh sahifa / Sifatini kafolatlovchi hujjatlari bo'lmagan 175,5 kg mahsulotlar yo'q qilindi   

Sifatini kafolatlovchi hujjatlari bo'lmagan 175,5 kg mahsulotlar yo'q qilindi   

Xalqimiz salomatligini saqlashning eng muhim vazifalaridan biri, oziq-ovqat xavfsizligini doimiy nazorat qilib borishdir.  

Bu borada Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislari, Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi hamda Toshkent shahar IIB karantin xizmati xodimlari bilan birgalikda Qo‘yliq dehqon bozori hududida navbatdagi nazorat tadbirlari o'tkazildi.

Bugungi nazorat tadbirida fuqarolar tomonidan sotilayotgan sifati kafolatlanmagan, organoleptik xususiyatlari buzilgan, jami 175,5 kg mahsulot savdosi aniqlandi:

➖28 kg miqdorda tovuq oyoqchalari;
➖15 kg tovuq qanotchalari; 
➖5 kg tovuq bo‘yni; 
➖24 kg tovuq suyaklari;
➖34,5 kg miqdorda molning ichki a'zolari; 
➖12 kg otning suyaklari; 
➖9 kg karam tuzlamasi; 
➖38 kg banan; 
➖10 kg olma mahsulotlari tegishli tartibda yo'q qilindi va Toshkent shahar IIB kinologiya bo‘limiga topshirildi.

Eslatib o'tamiz, mahsulot xarid qilayotganda, ularning yorliqlari va xulosalari borligini so'rashni unutmang. Noma'lum sharoitda tayyorlangan mahsulotlar iste'molidan saqlaning.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


12-09-2024, 09:05
Ortga qaytish