Bosh sahifa / Bozorda tekshiruv ishlari olib borildi

Bozorda tekshiruv ishlari olib borildi

 Bozorlarlarda aholiga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish va savdo qilish sharoitlarini yaxshilash, belgilangan joylarda doimiy yoki vaqtinchalik asosda faoliyat ko‘rsatadigan keng turdagi qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarining va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning chakana savdosi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligini o‘rganish muammolarini bartaraf etish yo'lidir.

Ayni shu maqsadda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakildan olingan ruxsatnoma asosida tumandagi Qo‘yliq dehqon bozori hududida bozor mas'ullari ishtirokida reja asosida tekshiruv o‘tkazildi. 

Tekshiruvlar davomida quyidagi kamchiliklar aniqlandi, ya'ni: 

➖bozorda kundalik tozalash ishlari sifatsiz olib borilganligi; 
➖rastalar orasida mahsulotlarni saqlash qoidalariga rioya etilmayotgani; 
➖bozor omborxonalari tartibsiz holatda ekanligi; 
➖rastalar, savdo pavilyonlari joriy ta'mirtalab holatdaligi; 
➖ishchi xodimlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilmagani va h.k. 

Tekshiruv davomida sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga mahsulotlarni saqlash va sotishga qo‘yilgan sanitariya-gigiyenik talablar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan javobgar shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


11-09-2024, 09:39
Ortga qaytish