Bosh sahifa / Ta'lim tashkilotlarida ertalabki filtrlash jarayonlari olib borildi

Ta'lim tashkilotlarida ertalabki filtrlash jarayonlari olib borildi

Salqin kunlar boshlanishi bilan kasalliklar avj ola boshlaydi. Ayniqsa, kasallikni yuqtirib olgan, immuniteti past bo'lgan bolalarda kasallik jarayonlari og'ir kechadi. Shu sababli har bir yomon ishning oldini olganimiz bu o'zimiz hamda atrofdagi insonlar uchun ham foydalidir.

 Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan  ta'lim tashkilotlarida  ertalabki  filtrlash jarayonlari bo'yicha nazorat tadbirlari  o'tkazildi.

Shuningdek, jarayon davomida o'quvchilarning tana harorati o'lchanib, qo'llariga turli xildagi infeksiyalarga qarshi vositalardan foydalangan holda zararsizlantirish ishlari amalga oshirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


9-09-2024, 11:56
Ortga qaytish