Bosh sahifa / Fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

Fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

Mirobod tuman bo'limiga kelib tushgan murojaatga ko'ra, aholi istiqomat qiluvchi ko'p qavatli uylarning yerto'lasi hamda chiqindixonalarida kemiruvchilar borligi va antisanitariya holatda ekanligi keltirilgan. Ushbu muammoni ijobiy hal etib amaliy yordam ko'rsatish so'ralgan.

Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi mudiri Dilnoza Ahmedova hamda bo'lim mas'ul mutaxassislari tomonidan Eski Sarako'l 5-tor ko'chada yashovchi fuqaroning yuqoridagi murojaatiga asosan joylarda o'rganish o'tkazildi.

O'rganishlar davomida kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida amaliy yordam ko'rsatilib, dezinfektorlar tomonidan yerto'laning barcha qismlarida, chiqindixonalarda to'liq dezinfeksiya, deratizatsiya tadbirlari amalga oshirildi hamda ushbu joylarni o'z vaqtida tez-tez tozalab borish, yuzasidan sanitariya targ'iboti olib borildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


7-09-2024, 12:24
Ortga qaytish