Poliz mahsulotlari O‘rta Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Afrika va Amerikaning tropik va subtropik mamlakatlarida yetishtiriladi. Ular tarkibida kaliy, kaltsiy, natriy, magniy, temir, fosfor, oltingugurt, shuningdek C vitamini, karotin, tiamin va riboflavin ham mavjud.
Tarvuz-qovun mahsulotlari foydali bo‘lsada, ularni iste’mol qilishda ehtiyotkorlik talab qiladi.
Zaharlanish belgilari: 4-6 soatda qusish, bosh og‘rig‘i, harorat ko‘tarilishi va ko‘ngil aynishi.
Mahsulotning pishganligi, ko‘rinishi, sifatiga e’tibor qarating. Chertib ko‘rib, bandining quriganligiga e’tibor bering.
To‘g‘ri saqlash: Kesilgandan keyin 2-3 soatdan ortiq saqlamang.
Bolalardan ehtiyotkorlik: Bolalar, ayniqsa emizikli go‘daklarda cheklash tavsiya etiladi.
Zaharlanishda belgilar paydo bo‘lsa darhol shifokorga murojaat qiling.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati