Bosh sahifa / Kasallik oʼchogʼida epidemiologik surishtiruv ishlari amalga oshirildi

Kasallik oʼchogʼida epidemiologik surishtiruv ishlari amalga oshirildi

Salmonellyoz — o‘tkir ichak infeksiyasi hisoblanib, kasallanish holatlari yil davomida kuzatiladi. Suv, sabzavot, meva va ko‘katlar kasallik chaqiruvchi bakteriyalar bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin. Sutli va go‘shtli mahsulotlarda salmonella bakteriyalari ko‘payish xususiyatiga ega. 

Sanepidqoʼmita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman boʼlimi xodimlari tomonidan salmonella kasalligi qayd etilganligi   sababli uy o'chog'ida  epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi.  Bemor bilan muloqotda bo‘lganlar aniqlanib, dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi, kasallikni oldini olish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

Shuni ta'kidlab o'tish joizki, bemorlarga ko‘proq suyuqlik ichiring. Idish-tovoq, kiyim-kechak, ko‘rpa va yostiq jildlarini yuvayotganda zararsizlantiruvchi, xlorli va boshqa dezinfeksiya vositalaridan foylananing. Tezda bemorni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizish va tegishli davo muolajalarini o‘tkazish zarur.  

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


4-09-2024, 09:12
Ortga qaytish