Ma'lumki, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va sotish texnikalariga qat'iy amal qilinishi bo'yicha ko'plab reyd tadbirlari hamda profilaktik nazorat ishlari tashkil etilgan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, fuqarolarning salomatligini saqlash va ovqatdan zaharlanish holatlariga chek qo'yishdan iboratdir.
Bugun Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo’limi mutaxassislari, bozor mas'ullari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda Qo‘yliq dehqon bozorining sanitar holati hamda mahsulotlarning sifati bo'yicha o'rganish ishlari amalga oshirildi.
Nazorat davomida aholini ovqatdan zaharlanishiga sabab bo’luvchi mahsulotlar savdosi aniqlanishi natijasida ja'mi:
-45 litr noma'lum sharoitda tayyorlangan ayron ichimligi;
-18 litr miqdorda marinadlangan patison mahsuloti;
- 25 kg organoleptik xususiyatlari buzilgan kivi;
- 6 kg tovuq suyaklari tegishli tartibda savdodan olinib, o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati