Bosh sahifa / Iste'mol uchun yaroqsiz qiyma go'shti sotilayotganligi aniqlandi 

Iste'mol uchun yaroqsiz qiyma go'shti sotilayotganligi aniqlandi 

Qiyma go'shtini sovutgichda saqlashda ham yoki harorat yoki namlikni me'yorda ushlanmasa, mahsulotni tarkibi o'zgarishiga sabab bo'ladi, bu esa o'z navbatida uni iste'mol qilgan insonda ichak kasalliklari bilan og'rish ehtimolini yuzaga keltiradi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar ustidan doimiy nazorat olib boriladi. 

Bugun olib borilgan o'rganishlar davomida go'sht rastalarida me'yor darajasida ishlamayotgan muzlatgichlarda tarkibi, organoleptik xususiyatlari o'zgargan umumiy miqdori 38 kg 800 gramm bo'lgan yarim tayyor qiyma go'shti mahsuloti aniqlanib, tegishli tartibda brakeraj qilindi. 

Eslatib o'tamiz, qiyma go'shti mahsuloti sovutilgan holda +2 +4 C haroratda 2-4 kun saqlash kerak.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


28-08-2024, 16:31
Ortga qaytish