Bosh sahifa / Rasmiy munosabat: 557-sonli bog'chaga nisbatan chora ko'rilgan

Rasmiy munosabat: 557-sonli bog'chaga nisbatan chora ko'rilgan

Bugun telegram kanallarining birida "Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 557-sonli bog'cha tarbiyalanuvchilari sog'lig'iga, xavfsizligiga kim mas'ul?" sarlavhasi ostidagi video e'lon qilindi. 

Ushbu xabarga ko'ra, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, joriy yilning 24-iyul sanasida Boshqarmaning Bolalar va o'smirlar gigiyenasi bo'limi xodimlari tomonidan rejaga asosan tekshiruv ishlari olib borilgan. E'lon qilingan ushbu video esa aynan tekshiruv o'tkazilgan kunda MTT xodimlari tomonidan videoga olingan va shu asosida tarqalgan. 

Tekshiruv davomida Sanitariya qoida va me'yor talablarining qo'pol ravishda buzilish holatlari aniqlanganligi bois tashkilot rahbariga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, qonun buzilishi holatlarini oldini olish bo'yicha to'plangan ma'lumotlar Toshkent shahar Prokuraturasiga Boshqarma tomonidan taqdim qilingan. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


26-08-2024, 16:37
Ortga qaytish