Bosh sahifa / Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmaslik oqibatida yuqumli kasalliklarga chalinish xavfi ortadi

Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmaslik oqibatida yuqumli kasalliklarga chalinish xavfi ortadi

Shaxsiy gigiyena qoidalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: teri, og‘iz bo‘shlig‘i, sochlar, tirnoqlar, oyoqlar gigiyenasi va shaxsiy parvarish buyumlari. Bularni batafsil ko‘rib chiqamiz.

Teri gigiyenasi​. Har kuni dush qabul qilish kerak.Yo‘ldan kelgach, ovqatlanishdan oldin, hojatxonadan chiqqach, hayvonlar, pul va gadjetlar bilan aloqa qilgandan so‘ng qo‘llarni yuvish zarur.

Haftada kamida bir marta vanna qabul qilish kerak. Dush, vanna yoki hammom qabul qilganda gubka ishlatish tavsiya etiladi.

Soch gigiyenasi​. Sochlarni ifloslanganda yuvish kerak (kimdadir bu har kuni, kimdadir haftada bir marta bo‘lishi mumkin).Sochlarni iliq sochiq bilan artib, fen bilan quritmaslikka harakat qilish kerak.
Kuniga ikki marta taranish tavsiya etiladi.

Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi​. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi nafaqat tishlarning, balki ichki organlarning sog‘lig‘ini ham ta'minlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘plab kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar to‘planadi va agar ularni vaqtida yo‘q qilinmasa, ular organizmga kiradi.

Tishlarni ertalab va kechqurun yuvish lozim.Tish cho‘tkasini har 3 oyda yoki cho‘tka tuklari eskirganda almashtirish kerak.Tish ipidan foydalanish tavsiya etiladi.
Ovqatdan keyin og‘izni chayish lozim.Tishlar bilan bog‘liq muammo bo'lsa stomatologga murojaat qilish kerak.

Tirnoqlar gigiyenasi.Tirnoqlar va tirnoq ostini toza saqlash lozim.Tirnoqlarni o‘sib chiqqanda qirqish kerak.

Oyoqlar gigiyenasi​. Qalqon va oyoq taglarini muntazam ravishda tozalash, o‘lik hujayralarni olib tashlash uchun maxsus pilkalar yoki pemza ishlatish kerak.

Kiyim-kechak va choyshablar gigiyenasi​. Sochiqni haftada ikki marta almashtirish lozim. Choyshabni haftada bir marta almashtirish kerak.

Ichki kiyim, paypoq, golf va kolgotkani har kuni almashtirish kerak.Dush yoki vanna qabul qilgandan so‘ng toza kiyim kiyish kerak.

Poyabzalni nafaqat tashqaridan, balki ichkaridan ham yuvish lozim.
Yopiq poyabzalda stelkalarni yuvib, quritib, almashtirish kerak. Choyshabda uy hayvonlarini yotqizmaslikka harakat qilish kerak. Boshqalar poyabzal va kiyimlarini kiymaslik kerak.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


21-08-2024, 09:46
Ortga qaytish